«Курсы строительных специальностей»

«Qurilish mutaxasisliklari kurslari»

«Construction specialty courses»

+998(71)241-15-02 +998(95)170-86-00

Asosiy ma'lumotlar

Asosiy ma'lumotlar Bizning jamoa Faoliyatimizning huquqiy asoslari HAMKORLARIMIZ VA TASHAKKURNOMALAR

Asosiy ma'lumotlar

«QURILISHDA QIYMAT INJINIRINGI» nodavlat ta'lim muassasasi Toshkent arxitektura qurilish institutining "Qurilish iqtisodiyoti" kafedrasi professor-o'qituvchilari va Uzbekiston Respublikasi Arxitektura qo'mitasi ''Qurilishda bahoni shakllantirish markazi" tashbbusi bilan tashkil etilgan.

O'quv markazi qisqa muddatli kurslarda qo'shimcha kasblarga o'rgatish orqali qurilish sohasida o'rta bo'gin muhandis-texnik kadrlarni va qiymat injiniringi bo'yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan.

Kurslarning o'quv dasnurlari va o'quv-uslubiy materiallari O'zbekiston Respublikasi arxitektura va qurilish sohasida amaldagi qonuniy-me'yoriy va shaharsozlik hujjatjari asosida tuzilgan. Markazda har bid dars amaldagi shaharsozlik normalari va qoidalari (ShNQ) va loyiha-smeta hujjatlari asosida olib boriladi.

Bugungi kunda Respublikaning qurilish va loyihalash korxonalari va tashkilotlarida o'rta bo'g'in mutaxassislari (PTO muhandisi, smetchik, prorab, texnazoratchi va boshqalar) yetishmovchiligi mavjud. Mazkur muassasa Respublikamiz loyihalash va qurilish tashkilorlari uchun ushbu mutaxassisliklar qisqa muddatlarda tayyorlab beruvchi yagona ta'lim muassasa hisoblanadi.

Muasasa o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan kadrlarni malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan Litsenziya (10.09.2016 г. №NAS UZ 001. МО 0752-05) asosida amalga oshiradi.

O'quv kurslarininq bitiruvchilari qurilish sohasida amaliy faoliyat ko'rsatishga tayyor mutaxassis bulib chiqadi va ular o'qishni tugatganlariga qadar tegishli kasb mutaxasisi sifatida loyiha va qurilish tashkilotlarida ish bilan ta'minlanadilar.

Kurslarda darslar qurilish korxonalarining katta tajribaga ega bo'lgan mutaxassislari hamda Toshkent arxitektura qurilish institutining professor-o'qituvchilari tomonidan amaliyotda to'plangan tajribalari asosida, maxsus elektron dasturlar va ishchi loyihalardan foydalangan holda o'qitiladi. Oquv materiallari har bir tinglovchiga alohida tushuntiriladi va zarurat tug'ilganda qo'shimch darslar tashkil etiladi.

Malakaviy qayta tayyorlash dasturlari xodimning yangi (qo'shimcha) mutaxasislikni to'liq o'zlashtirishi orqali qayta tayyorlashni ko'zda tutadi. Qayta tayyorlash dasturi asosida xodim yangi mutaxasislik bo'yicha toliq bilim va ko'nikmalarga ega bo'ladi va u o'z faoliyatini yangi mutaxasislik bo'yicha davom ettiradi.

Kasbga o'rgatish va mutaxasislar malakasini oshirish kurslarida o'qish shakli: kunduzgi, kechgi va sirtqi (masofaviy).
Oquv darslari kichik guruhlarning shakllanishidan kelib chiqqan holda boshlanadi.

 

 

Asosiy rekvizitlar

 

To'liq nomlanishi «QURILISHDA QIYMAT INJINIRINGI» nodavlat ta'lim muassasi
Ta'lim muassasasi joylashgan manzil

100011. O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. A.Qodiriy ko;chasi 7.

100011. Республика Ўзбекистан, г. Ташкент, ул. Лабзак 107, 

Faoliyat turi ОКОНХ: 92200 – kadrlar tayyorlarsh va ularning malakasini oshirish:
Bank rekvizitlari ИНН: 304039532 МФО 969. Hisob raqami 20208000200629102001. 

АТБ "АСАКА" bankining Shayhontoxur filiali
Контакты:

Тel: +99871 241-15-02, +99890 350-18-85, +99897 770 43 23. 
Эл. почта: qiymatinfo@gmail.com
Wев: www.qiymat.uz;
www.facebook.com/qiymatuz/

Bog'lanish raqamingizni yuboring va biz Siz bilan bog'lanamiz

To'ldiring